Mourinyo yangi jamoasi bilan muzokaralarni boshladi

Mirjalol Normatov
10 yanv 2019, 11:19
"Real" rahbarlari Joze Mourinyoni jamoaga qaytarish uchun muzokaralarni boshladi.

Bu haqda "The Sun" xabar bermoqda. "Real" kuzda Xulen Lopetegini iste'foga chiqarib, Santyago Solarini jamoa boshqaruviga olib kelgandi.

Aytilishicha, Florentino Peresning o'zi portugaliyalikni jamoaga olib kelish borasida ishlarni olib bormoqda va bu yaqin vaqtlarda hal etilishi mumkin.

Mourinyo dekabr oyida "Manchester Yunayted"dan ketgandi.

O'xshash yangiliklar


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: The Sun