Mourinyo: “Ronalduni qaytarish haqida o'ylamaganmiz ham”

3 sen 2018, 07:49
“Manchester Yunayted” bosh murabbiyi Joze Mourinyo mavsumlar oralig'ida Krishtianu Ronalduning jamoaga qaytishi mumkinligi borasidagi gap so'zlarni inkor etdi.

Portugaliyalik futbolchi “Real”dan “Yuventus”ga ko'chib o'tgandi.

“Yuventus” – Chempionlar ligasida g'olib chiqish uchun katta harakatlarni amalga oshirmoqda. Turinliklar Skudettoni emas, aynan YCHLni yutish asosiy maqsadga aylangan. Chunki so'nggi 6-7 mavsumda “Yuve” A seriyada bosh sovrinni qo'lga kiritdi. 

Shu bois YCHLda g'olib chiqish ularning bosh vazifasi. Ikki bor ular bunga yaqin kelishdi, ammo finalda mag'lub bo'lishdi. “Yuve” grand jamoa va ular tarkibni kuchaytirish uchun barcha imkoniyatlarini ishga solimoqda. Ularda fantastik o'yinchilar bor, biroq MYUga qarshi bahs ular uchun oson kechmaydi.

Krishtianu Ronalduning MYUga qaytishi haqidagi masala hech qachon kun tartibida bo'lmagan. Shu bois men u bizning jamoaga kerakmi yoki yo'qmidimi, deb aytolmayman”, deya Mourinyoning so'zlaridan iqtibos keltirmoqda Sky Sports.

O'xshash yangiliklar


Manba: Sky Sports