Mourinyo ofshorlar orqali 12 mln. evro foyda qilgan

Aslanov Jasurbek
3 dek 2016, 14:45
"Manchester Yunayted" bosh murabbiyi ofshor kompaniyalari orqali "Real"da olgan maoshlaridan soliq to'lamagan.

Portugaliyalik mutaxassis o'z agenti Jorje Mendesh orqali Shveytsariya bankidagi hisobiga 12 mln. evro o'tkazgan.

Pul Britan Virgin orollaridagi ofshorlar yordamida chiqarib olingan.

Ispaniya hukumati Mourinyodan 4,4 mln. evro olmoqchi: 3 mln. - soliq majburiyati, 1,1 mln. - jarima.

Football Leaks agentligi Yevropaning mashhur 12 nashri bilan birgalikda futbolga aloqador bo'lgan mashhur insonlarning moliyaviy ishlarini tekshirgan.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: championat.com