Mourinyo: "Neymar uchun 200 mln. funt - qimmat emas"

Aslanov Jasurbek
3 avg 2017, 11:57
"Manchester Yunayted" bosh murabbiyi Joze Mourinyo "Barselona" hujumchisi Neymarning PSJga o'tishi va unga to'lanayotgan 222 mln. evro haqida fikr bildirdi.

"Pol Pogba uchun 89 mln. funt to'laganimizda, u biz uchun qimmatga tushganini aytgan edim. 200 mln. funt Neymar uchun qimmat emas deb o'ylayman, biroq engi 100, 80, 60 mln. funtlik futbolchilar ko'payadi.

Neymar - jahonning eng yaxshi futbolchilaridan biri. Tijorat tomonidan u juda kuchli va PSJda bu haqida o'ylashgan. Shu sababli muammo Neymarda emas deb o'ylayman" - deydi portugaliyalik mutaxassis.


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: The Telegraph