Mourinyo “MYU”ni “Portu” va “Inter”ga qiyosladi

“Manchester Yunayted” bosh murabbiyi Joze Mourinyo YCHL 1/8 finalida “Sevilya”ga qarshi bahs oldidan o'z fikr mulohazalarini bildirib o'tarkan, qo'l ostidagi tarkibni Chempionlar ligasi g'olibligini qo'lga kiritgan “Portu” (2004) va “Inter” (2010)ga qiyosladi.

“Portu”da ishlagan paytimda qo'l ostimda CHLda u qadar tajribaga ega bo'lmagan tarkib jamlangan edi. “Inter”da esa aksincha, tajribali, yoshi 30 dan o'tgan futbolchilar ko'pchilik edi. O'ylashimcha, hozirgi paytda qo'l ostimdagi tarkibda “Portu” va “Inter” jamoalariga o'xshash futbolchilar jamlangan. Ammo YCHLda g'oliblikni chorak finaldan boshlab orzu qilish mumkin, hozir emas”, deya Mourinyoning so'zlaridan iqtibos keltirmoqda Manchester Evening News nashri.

“Bugungi mashg'ulotlarni noodatiy tarzda boshladim.  Qoida bo'yicha mashg'ulotlarni engil mashg'ulotlar va oddiy mashqlar bilan boshlardik. Bu gal ubu mashqlarni ko'proq davom ettirdik.  Shu sababli bugungi mashg'ulotlarda muxlislar Pogba, Valensiya, Rashford va Errerani ko'rishdi. Ular muammolari bois bir nechta uchrashuvni o'tkazib yuborishga majbur bo'lishgandi”, deydi Mourinyo.


Manba: Manchester Evening News