Mourinyo MYUda 15 yil qolishga tayyor

Tolibjon Qosimov
19 iyul 2017, 21:57
"Manchester Yunayted" bosh murabbiyi Joze Mourinyo "ESPN"ga intervyu berdi.

Unda mutaxassis klubni afsonaviy ser Aleks Fergyuson davridagi holatiga qaytarmoqchi ekanligini va bu yerda yana 15 yil qolishga tayyorligini aytib o'tdi.

"15 yil MYUda? Men bunga tayyorman. Ishimiz og'ir, bizga doim bosim va tanqid bo'ladi. Har yili mutaxassislarga qiyin bo'lib borayapti. Odamlar "qizil iblislar" rulida ser Aleks bo'lishiga o'rganib qolishgan. Men jamoaga stabillik qaytishini xohlayman. Buning ustida har kuni ishlayman", - dedi Mourinyo.


O'xshash yangiliklar


Tolibjon QosimovMuallif
Manba: ESPN