Mourinyo MYU Beylning transferi uchun 335 million funt sarflashiga ishonmayapti

Tolibjon Qosimov
29 may 2018, 12:19
MYU bosh murabbiyi Joze Mourinyo klub rahbariyati katta summa sabab "Real" vingeri Garet Beylning transferiga qo'l urishiga ishonmayapti.

"Real" Beyl uchun 200 mln funt olmoqchi. Agar uelslik "Manchester Yunayted" bilan 4 yilga shartnoma imzolasa, unda uning umumiy maoshi 135 mln funt (yiliga 33,75 mln funtdan)ni tashkil etadi.

"Mirror" nashrining ma'lumotiga ko'ra, Joze Mourinyo "Manchester Yunayted" yozda 29 yoshga to'ladigan va jarohatlarga moyil bo'lgan futbolchi uchun buncha summa sarflashiga shubhalanmoqda.

Beyl Fred va Tobi Alderveyreld bilan birga Mourinyoning asosiy transfer nishoni bo'lib turibdi.



Yaqin ikki haftada Beylning vakillari uelslikning kelajagini aniqlab olish maqsadida Madridga borishadi.

O'xshash yangiliklar


Tolibjon QosimovMuallif
Manba: mirror.co.uk