
Portugaliyalik mutaxassis bilan Manchester shahri vakillari aloqaga chiqishgan. Murabbiyning agenti Jorje Mendesh “qizil iblislar” ijrochi direktori Ed Vudvord bilan munosabatlari yaxshi bo'lgani bois, Mourinyo jamoani boshqarish ehtimoli yuqori. Mourinyoning o'zi “Manchester Yunayted”da ishlashga qiziqmoqda.