Mourinyo Garet Beylnning javobini kutmoqda

2 iyun 2018, 15:08
Angliyaning "Manchester Yunayted" jamoasi bosh murabbiyi Joze Mourinyo Madridning "Real" klubi futbolchisi Garet Beylning javobini kutmoqda.

Portugaliyalik mutaxassis uelslik futbolchini o'z tarkibiga qo'shib olishni istamoqda, deya xabar bermoqda ESPN nashri. Kelasi mavsum sovrinini qo'lga kiritish Garet Beyl bilan osonroq bo'ladi, deya hisoblamoqda Mourinyo. Zinedin Zidan jamoani tark etgandan so'ng Beyl taklifga javob berishni sekinlashtirmoqda. Beyl "Real"ga yangi bosh murabbiy tayinlangandan so'ng qaror qabul qilmoqchi.

O'xshash yangiliklar


Manba: footballhd.ru