Mourinyo Evro-2016dan so'ng Angliya terma jamoasini boshqarishga tayyor

Aslanov Jasurbek
27 dek 2015, 18:14
"Chelsi" sobiq bosh murabbiyi Joze Mourinyo Angliya terma jamoasi ustoziga aylanishi mumkin.

Portugaliyalik mutaxassis o'z agenti Jorje Mendeshga 2016 yilning yozigacha ish topa olmasa va Evro-2016dan so'ng Angliya terma jamoasi bosh murabbiyi Roy Xojson o'z vazifasini tark etsa "sherlar" ustozi bo'lishga tayyor ekanligini ma'lum qildi.

Mourinyo 17 dekabr kuni "Chelsi" bilan shartnomasini bekor qilgan edi.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: Sunday People