Mourinyo: “Endi Fellayning nimalarga qodirligini barcha biladi”

30 noya 2018, 21:12
MYU bosh murabbiyi Joze Mourinyo jamoa yarim himoyachisi Maruan Fellayni shaniga iliq fikrlar bildirdi.

“Fellayni o'ziga bildirilgan ishonchni oqlayapti. Mening jamoaga kelgunimga qadar bunday holat ruy bermagandi. U Maradona emasligini hamma biladi, shunga qaramay u jamoa uchun ko'p narsa bera oladi. Joriy mavsumda ham, o'tgan mavsumda ham u hujumchilar eplolmayotgan ish - ko'p bor muhim gollarni urdi.

Men u qaysi poziyachida yaxshiroq harakat qilishini juda yaxshi bilaman.Bu mavsuma u markaziy himoyachi, hujumchi, yarim himoyachi sifatida harakat qildi. Endin barcha uning qanday futbolchi ekanligini biladi”, deya Mourinyoning so'zlaridan iqtibos keltirmoqda Goal.com.

O'xshash yangiliklar


Manba: goal.com