Mourinyo "Chelsi" yulduzlaridan birini "Manchester Yunayted"ga olib kelmoqchi

Aslanov Jasurbek
20 may 2017, 11:21
"Manchester Yunayted" "Chelsi" yarim himoyachisi Nemanya Matichga qiziqish bildirmoqda.

Ma'lumotlarga ko'ra, 28 yoshli serb xizmatlariga shaxsan "qizil iblislar" ustozi Joze Mourinyo qiziqish bildirmoqda.

"Tottenxem" Erik Dayerni sotishdan bosh tortganidan so'ng, MYU Matichga e'tibor qaratdi.

Joriy mavsum Matich APLning 35 ta uchrashuvida 1 ta gol urdi va 7 ta golli pas berdi.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: Manchester Evening News