Mourinyo: "Bu o'yinni ko'rish uchun pul sarflamagan bo'lardim"

Mirjalol Normatov
29 iyul 2018, 12:59
"Manchester Yunayted" bosh murabbiyi Joze Mourinyo XCHK doirasida "Liverpul"dan (1:4) uchralgan mag'lubiyatdan keyingi fikrlari bilan o'rtoqlashdi.

"O'yinning atmosferasi yaxshi bo'ldi. Ammo muxlislarning o'rnida bo'lganimda stadionga kelmagan, jamoalarning bunday o'yini uchun pul sarflamagan bo'lardim. Misol uchun, bugun "Chelsi" va "Inter" jamoalarining uchrashuvini tomosha qildim. Muxlislar bahsni ko'rishning o'rniga sohilga borib dam olishdi. Stadion esa bo'm-bo'sh edi.

Stadiondagi xayqiriqlar futbolchilar va jamoalarga kuch beradi. Bu "Liverpul", "Manchester Yunayted", "Real" o'zining optimal tarkibida emas. Ammo JCHda o'ynaganlar dam olishga loyiq. Bu odatiy hol.

AQSHda futbolga investiciya kiritayotganlar barchasini o'ylab, yaxshi jamoalarni chaqirishi va sifatli futbolni muxlislarga taqdim qilishlari kerak", - dedi Mourinyo.

O'xshash yangiliklar


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: Goal.com