Mourinyo: "Blind - men ko'rgan futbolchilarning eng yaxshilaridan biri"

Mirjalol Normatov
18 iyul 2018, 10:26
"Manchester Yunayted" bosh murabbiyi Joze Mourinyo himoyachi Deyli Blindning "Ayaks"ga o'tgani borasidagi fikrlarini bildirdi.

"2014 yildan beri u jamoaga qilgan mehnati uchun katta rahmat aytaman. Ayta olamanki, 18 yillik murabbiylik faoliyatim davomida maydonda ham, uning tashqarisida ham o'zini professional tutadigan bunday futbolchi ko'rmagandim. U o'zining jonajon jamoasi - "Ayaks"dagi kelgusi faoliyatida omadlar tilayman. Men bilan o'tkazgan ikki mavsumi uchun minnatdorchilik bildiraman", - dedi Mourinyo.

Blind "Manchester Yunayted"ga aynan "Ayaks"dan o'tgandi. U yaqindagina yangi jamoasi bilan 4 yillik shartnomaga imzo chekdi.

O'xshash yangiliklar


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: twitter.com/manutd