Mourinyo bitta o'yinga diskvalifikaciya qilindi

Narzulla Saydullayev
3 noya 2016, 08:55
Manchester Yunayted ustozi Joze Mourinyo Angliya futbol Assotsiatsiya tomonidan jazolandi.

Liverpul bilan o'yindan oldin (0:0) Joze Mourinyo Entoni Teylorning bu bahsga tayinlangani xato deb hisoblashini ma'lum qilgandi. Teylor Katta Manchestyerda yashaydi, bu esa Mourinyoning fikricha unga qo'shimcha bosim yuklagan.

Bernliga qarshi o'yinda (0:0) bosh hakam Mark Klattenburg Mourinyoning keskin tanqidlariga javoban uni chetlatdi. Matbuot anjumani vaqtida bu haqda berilgan savolga Mourinyo quyidagicha javob berdi: Keyingi savol.

Mana shu ikkala vaziyatni qo'shib FA MYU ustozini bitta o'yinga diskvalifikaciya qildi va uni 50 000 funt jarimaga tortdi.

6 noyabr kuni Manchester Yunayted Suonsi mehmoni bo'ladi, Mourinyo bu bahsda zaxira o'rindig'ida bo'lmaydi.

O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: telegraph.co.uk