Moreno "Barsa"ning Ben-Yedderga qiziqayotgani haqida: "Agar 200 mln taklif qilishsa, tahlil qilishimiz mumkin"

Alisher
27 yanv 2020, 10:38
"Monako" bosh murabbiyi Robert Moreno "Barselona"ning jamoa hujumchisi Vissam Ben-Yedderga qiziqayotgani haqida gapirdi.

Xabar qilinishicha, kataloniyalik o'yinchi uchun 80 million evro taklif qilishgan, ammo "Monako" futbolchini sotishdan bosh tortgan.

"Men bu haqda hech narsani bilmayman. Ammo, ular 200 million taklif qilishsagina, bu masalani muhokama qilishimiz mumkin. 80 million evro - juda kam", - deydi Moreno.

Ben-Yedder joriy mavsum Fransiya chempionatida 19ta o'yinda maydonga tushib, 14ta gol urishga erishgan.

O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: francefootball.fr