Morataning “Atletiko”da qolishi Madrid klubiga qanchaga tushishi ma'lum bo'ldi

11 may 2019, 09:49
Morata Madrid klubiga “Chelsi”dan ijara asosida o'tgandi.

Agar Alvaro Morata “Atletiko”da qoladigan bo'lsa, “Chelsi” g'aznasi yana 18 mln evroga boyiydi. Kelishuvda shunday band borligi aytilmoqda. Avvalroq “matraschilar” jamoaning boshqa bir hujumchisi Diego Kosta bilan xayrlashmoqchiligi haqida xabar berilgandi.

Ma'lumot uchun, Morata “Atletiko” safida 14 ta o'yinda maydonga tushib, 6 ta gol urdi.

O'xshash yangiliklar


Manba: Football24