Morata sobiq jamoasiga qaytishi mumkin

Mirjalol Normatov
30 sen 2018, 18:40
"Chelsi" hujumchisi Alvaro Morata sobiq jamoasiga qaytishi mumkin.

The Sun xabariga ko'ra, Morata 2014-2016 yillarda faoliyat olib borgan sobiq klubi "Yuventus"ga qaytishi kutilmoqda. Ma'lumotlarga qaraganda, transfer qishdayoq amalga oshishi mumkin.

Hozirda Morata doimiy o'yin amaliyotiga ega bo'lmayapti. "Yuventus" esa unga asosiy tarkibni kafolatlayotgan ekan.

O'xshash yangiliklar


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: The Sun