Morata "Milan" qiziqishlari doirasida

Sherzod Nurmatov
24 iyun 2023
"Atletiko" hujumchisi Alvaro Morata "Milan" nishonida bo'lib turibdi, deya xabar berdi Janluka di Marcio.

Manba bergan xabarga ko'ra, "rossoneri" Gladbaxning "Borussiya" klubi forvardi Markus Tyuramdan rad javobini olganidan so'ng hujumchi qidirmoqda. Oldinroq uning "Inter"ga o'tishi haqida xabarlar tarqalgandi.

Shu munosabat bilan "Milan" e'tiborini Morata va "Vest Xem" hujumchisi Janluka Skamakkaga qaratgan.

Morata 2020 yildan buyon "Atletiko"da o'ynamoqda. 30 yoshli ispaniyalik o'tgan mavsum 45 ta o'yinda 15 ta gol urdi va 3 ta golli uzatmani amalga oshirdi.


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: twitter.com/dimarzio