

Ma'lumotlarga ko'ra, ispaniyalik futbolchi faoliyatini "Sevilya"da davom ettiradi. Kelasi haftada Morataning agenti Xuanmi Lopes "Chelsi" rahbariyati bilan suhbat o'tkazadi. Ispan klubi forvardni mavsum oxirigacha ijaraga olib, yozda uni sotib olmoqchi.
Oldinroq, "Sevilya" hujumchisi Luis Surel mavsumning qolgan qismini "Fiorentina"da davom ettirishi e'lon qilingan edi.
Eslatib o'tamiz, Morataga "Barselona" qiziqish bildirayotgani haqida xabarlar paydo bo'lgandi.



