Morata ijtimoiy tarmoqlar haqida: "Rodri qolganlardan xotirjamroq"

Aslanov Jasurbek
5 noya 2024, 00:06
Alvaro Morata ijtimoiy tarmoqlarning futbolchilarga ta’siri haqida gapirdi.
Ispaniyalik hujumchi "Manchester Siti" yarim himoyachisi Rodri ijtimoiy tarmoqlarda yo'qligi haqida gapirdi.

"U ijtimoiy tarmog'i bor yigitlardan xotirjamroq.

Ijtimoiy tarmoq platformalari fond bozoriga o'xshaydi. Bir kun ishlar juda yaxshi, boshqa kuni aksincha.

Bu sizni kuzatayotgan insonlar kayfiyati natijalaridan hosil bo'ladi.

Sizda ijtimoiy tarmoq bormi, bir narsani tushuning - odamlar yuzini ko'rsatmay istaganini yozishi mumkin" - dedi "Milan" forvardi.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: The Athletic