Morata “Chelsi”da Azarning o'rnini kim bosa olishi mumkinligini aytdi

24 yanv 2018, 08:50
Alvaro yozda jamoasi safini tark etishi mumkin bo'lgan Eden Azarning o'rnida sobiq klubi “Real” yarim himoyachisini ko'rayotganini ma'lum qildi.

Unga ko'ra, Azarning o'rnini Madrid klubi yarim himoyachisi Marko Asensio bosa olar ekan. Shu sababdan ham Morata uni London klubi safida ko'rishni xohlashini aytgan.

Ma'lumot uchun Asensio ushbu mavsum La Liga bahslarida “Real” tarkibida 16 ta uchrashuv o'tkazib, 4 ta gol urishga va 4 ta golga assistentlik qilishga ulgurdi.


O'xshash yangiliklar


Manba: Daily Star