Morata: "Bolaligimdan "Atletiko"da o'ynashni orzu qilardim"

Aslanov Jasurbek
29 yanv 2019, 13:45
Hujumchi Alvaro Morata "Atletiko"ga o'tgani haqida fikr bildirdi.

"Bolaligimda to'p olib berib yurgan paytlarimdan beri "Atletiko"da o'ynashni orzu qilardim. Bu klubga o'tganimdan faxrlanaman, klub, stadion va futbolchilarni yaxshi bilaman. Ushbu jamoa safida maydonga tushishni sabrsizlik bilan kutyapman. "Atletiko" uchun borimni berishga tayyorman" - deydi Morata.

"Atletiko" xarid qilish sharti bilan Moratani "Chelsi"dan ijaraga oldi.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: Marca