

O'zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati a'zosi, O'zbekiston Milliy olimpiya qo'mitasi va O'zbekiston futbol federatsiyasining sobiq prezidenti Mirabror Zufarovich Usmonov 15 mart kuni, 71 yoshida vafot etdi.
Eslatib o'tamiz, kecha Mirabror Usmonov o'pka va nafas yo'llari bilan bog'liq xastalik sabab klinikaga yotqizilganligi haqida xabar qilingandi.
Olamsport.com va championat.asia saytlari marhumning yaqinlari va oila a'zolariga chuqur taziya izhor etadi.
JANOZA NAMOZI bugun peshinda "Minor" masjidida o'qiladi.



