Montoyya "Yuventus"ga rozilik bildirdi

"Barselona" himoyachisi Martin Montoyya jamoadan kyetishni istayotganini keng ommaga aytib o'tdi.
Ayni paytda "Yuventus" vakillari Kataloniya poytaxtida bo'lib turishibdi. Ular "Barselona" himoyachisi Martin Montoyyani transferi borasida ispan klubi bilan muzokaralarni olib borishmoqda. Futbolchi turinliklar safiga o'tishga rozilik bildirdi.
Yaqin orada tomonlar o'zaro kelishuvga erishishlari kutilmoqda.
"Yuventus" Montoyyaga to'rt yillik shartnoma taklif etmoqchi. "Barselona" esa ijara asosida Montoyyani qo'yib yuborishi ham mumkin.

Manba: sports.ru