"Monca" Suaresga taklif bilan chiqdi

Оқил Абдубарноев
10 iyul 2022, 23:44
Urugvaylik hujumchi Luis Suares "Monca"dan taklif oldi.

Klub direktori Andriano Galliani 35 yoshli urugvaylik futbolchi bilan shaxsan muzokara olib borgan. Suaresga 5 million evro maosh evaziga bir mavsumlik shartnoma taklif qilingan.

Luis Suares erkin agent sanaladi, u 2021/22 yilgi mavsum yakunida "Atletiko"ni tark etdi. O'tgan mavsum hujumchi jamoasi safida barcha musobaqalarda 45 o'yinda 13 ta gol urdi va 3 ta golli uzatmani amalga oshirdi.

Iyun oyi oxirida "River Pleyt" urugvaylik futbolchiga yiliga 3 million evro maoshdan iborat shartnoma taklif qilgani xabar qilingandi. Biroq Suares "River"ga o'tmasligini aytdi.

O'xshash yangiliklar


Оқил АбдубарноевMuallif
Manba: Sportitalia