“Monako” ustozi: “Agar u jarohatlardan o'zini asrasa, ko'plab “Oltin to'p”larni qo'lga kiritadi”

Eldor Akmurzayev
13 dek 2021, 10:00
Liga 1 doirasida PSJga uchralgan mag'lubiyatdan keyin “Monako” ustozi Niko Kovach uchrashuvda dublga erishgan Kilian Mbappe haqida iliq fikrlar bildirdi.

“O'yinni juda yaxshi boshladik. Birinchi bo'lim biz uchun yaxshi o'tdi. Zo'r bo'lishi uchun esa imkoniyatlardan foydalanish kerak edi. PSJga juda yuqori bosim o'tkazmoqchi edik va ilk taymda buni uddaladik. Biroq, PSJga qarshi o'ynaganda, vaziyatlardan foydalana olmasang, bu qiyin kechadi. Bundan tashqari, ikkita qo'pol xatoga yo'q qo'ydik. 2-bo'limda esa barchasi murakkabroq kechdi. PSJ hammasini nazorat qildi. 

Mbappe esa men uchun dunyoning eng yaxshi uch futbolchisidan biri hisoblanadi. Agar u jarohatlardan o'zini asrasa, ko'plab “Oltin to'p”larni qo'lga kiritadi”, deydi Kovach.

O'xshash yangiliklar


Eldor AkmurzayevMuallif
Manba: L`Equipe