"Monako" Rodrigesning o'rniga Sneyderni sotib olmoqchi

Aziz Tukhtamuradov
16 iyul 2014, 16:25
"Monako" Xames Rodrigesning o'rniga boshqa futbolchi qidirishni boshlab yubordi. Kolumbiyalik futbolchi "Real"ga o'tishga yaqin.
Ma'lumotlarga qaraganda, Rodrigesning o'rniga Monte-Karloga Uesli Sneyder borishi mumkin. "Monako" "Galatasaroy" futbolchisiga qiziqish bildirmoqda. Transfer summasi hozircha ma'lum qilinmayapti.

Avvalroq, Sneyder faoliyatini "Manchester Yunayted", "Lokomotiv" yoki "Dinamo"da davom ettirishi mumkinligi haqida xabarlar tarqalgan edi.

Aziz TukhtamuradovMuallif
Manba: euro-football.ru