"Monako" navbatdagi transferni e'lon qildi

Mirjalol Normatov
12 yanv 2019, 18:47
"Monako" o'zining tvitterida navbatdagi transferini e'lon qildi.

Yarim himoyachi Vilyam Venker "Antalyaspor"dan "Monako"ga o'tdi.

Fransiya jamoasi 30 yoshli futbolchini mavsum yakuniga qadar ijaraga oldi. Qayd etish kerak, monegasklar tibbiy ko'rikdagi natijalari sababli futbolchining transferidan voz kechishgandi. Ammo fikr o'zgardi.

Venker "Monako"ning to'rtinchi transferi bo'ldi. Bungacha Terri Anri jamoasiga Naldo, Fode Ballo va Sesk Fabregaslarni transfer qilgandi.

O'xshash yangiliklar


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: Sky Sports