“Monako” Moutinyuni “Vulverxempton”ga sotdi

Aziz Tukhtamuradov
24 iyul 2018, 23:48
Angliyaning “Vulverxempton” klubi rasman “Monako” yarim himoyachisi Joau Moutinyuni xarid qilganini e'lon qildi.

Futbolchining transfer summasi oshkor qilinmayapti. “Bo'rilar” portugaliyalik yarim himoyachi bilan 2 yillik shartnoma imzolashdi. 

Avvalroq, Rossiya terma jamoasi hamda SSKA klubi hujumkor yarim himoyachisi Aleksandr Golovinning “Monako”ga o'tishga yaqin turgani aytilgandi. Klub rahbariyati Moutinyuni sotish orqali Golovinga joy hozirlagan bo'lishi ham mumkin. 

O'xshash yangiliklar


Aziz TukhtamuradovMuallif