Mo'minov: "Shomurodov Qatar, Saudiya Arabistoni va Xitoy klublariga o'tishi mumkin edi, ammo u Yevropaga yo'l olishni xohladi"

Alisher
5 okt 2020, 10:56
"Jenoa" forvardi Eldor Shomurodov hamkorlik qilayotgan ProSports Management kompaniyasi vakili Qahhor Mo'minov o'yinchining "Rostov"dan Italiya klubiga o'tgani haqida gapirdi.

"Eldor bilan 2017 yilda hamkorlik qilishni boshlagandik va o'shanda bu yigit Yevropa uchun ekanligini bilgandik. Uning kuchli sifatlari ko'rinib turgandi. U bizga vazifa qo'ydi - Yevropaga yo'l olish. Ushbu rejani ikki qismga bo'lishga qaror qildik: dastlab Rossiyada o'zini ko'rsatish, keyin Yevropaga yo'l olish. Unda hammasi o'xshadi.

Yana bir narsa: Osiyodagi gap-so'zlarga qaramay Eldor Yevropani tanladi. Osiyoda u juda yaxshi maqomga ega, uni istalgan vaqtda Qatar, Saudiya Arabistoni va Xitoy klublar olishi mumkin. Ammo yigitcha yillar davomida Yevropaga yo'l olishga harakat qildi va bu amalga oshdi", - deydi Mo'minov.

(Shomurodovdan chapda Qahhor Mo'minov)

O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: sport-express.ru