Moyes "Real Sosedad"ni boshqarish taklifini oldi

Aslanov Jasurbek
3 noya 2014, 14:54
"Manchester Yunayted" sobiq bosh murabbiyi Devid Moyes "Real Sosedad"ni boshqarish taklifin oldi.

Oldinroq bu ispan klubi bosh murabbiy Xagobu Arrasateni ishdan bo'shatgan edi. Xabarlarga ko'ra, Moyes Qatarda "Real Sosedad" taklifini ko'rib chiqmoqda. 

Arrasate omadsiz natijalar uchun iste'foga chiqarildi. Jamoa Ispaniya chempionatining 10 ta turida bor-yo'g'i olti ochko yig'di.


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: championat.com