Modrich "Real"ga SSKA futbolchisini sotib olishni maslahat berdi

Tolibjon Qosimov
26 mar 2020, 06:49
SSKA yarim himoyachisi Nikola Vlashichga "Real" qiziqish bildirmoqda.

Bu haqda "Defensa Central" nashri xabar berdi.

"Qaymoqranglilar" 34 yoshli yarim himoyachi Luka Modrichga o'rinbosarlar ro'yxatini o'rganib chiqishmoqda.

Manbaning ma'lumotiga ko'ra, xorvat futbolchisining o'zi Madrid klubiga moskvaliklar xavbekini sotib olishni maslahat bergan. Luka Nikolani juda yaxshi biladi, chunki ular terma jamoada birga o'ynashadi.



Vlashich joriy mavsum Rossiya chempionatida 22ta o'yin o'tkazdi va 7ta gol urib, 4ta golli pas bergan.


"Real" Modrichga o'rinbosar izlamoqda

O'xshash yangiliklar


Tolibjon QosimovMuallif
Manba: defensacentral.com