Modrich: "O'yindan oldin raqib darvozasiga ko'proq zarba berishim haqida aytishdi"

Aslanov Jasurbek
8 fev 2016, 11:58
"Real" yarim himoyachisi Luka Modrich "Granada"ga qarshi Ispaniya chempionatining 23-tur bahsi (2:1) haqida fikr bildirdi.

"O'yindan oldin raqib darvozasiga ko'proq zarba berishim haqida aytishdi. Bu bahsda ikki-uch marotaba zarba berdim. Har bir uchrashuvda 5:0 yoki 6:0 hisobida g'alaba qozonshimizga ishonmasligimiz kerak. Mehmonda o'ynash oson emas, ammo biz irodamizni ko'rsatdik va golli imkoniyatlar yaratdik. Shu ruhda davom etishimiz lozim. "Real" himoya va hujumda o'z o'yinini kuchaytira oladi" - deydi Modrich.

Modriy joriy mavsumda Primeroning 22 uchrashuvida maydonga tushib, 1 ta gol urdi va 4 ta golli pas berdi.

Ispaniya chempionati turnir jadvali va to'purarlari bilan tanishing.


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: AS