Modrich: "Mbappeda yetakchi bo'lish uchun hamma narsa bor, u chempionatini o'zgartirishi kerak"

Alisher
15 iyun 2020, 14:30
"Real" yarim himoyachisi Luka Modrich PSJ hujumchisi Kilian Mbappeni Fransiya chempionatidan ko'ra kuchli ligaga o'tishi kerak deb hisoblaydi.

"Mbappeda yetakchi bo'lish uchun hamma narsa bor. O'ylaymanki, u jamoasi g'alaba qozonishi oson bo'lmaydigan chempionatga yo'l olishi kerak", - deydi Modrich.

Kilian PSJda 2017 yildan beri o'ynaydi. 21 yoshli futbolchi joriy mavsum jamoa safida 33ta o'yinda maydonga tushib, 30ta gol va 17ta assist qayd etgan.

Oldinroq, "Real" va "Liverpul"ning futbolchini xarid qilishni xohlayotgani haqida xabarlar yangragan edi. Futbolchining parijliklar bilan tuzgan shartnomasi yana 2 yilga amal qiladi.

O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: La Gazzetta dello Sport