

"Marca" nashri jurnalistlarining aniqlashicha, futbolchining namoyishida uning raqami bo'lmasligi mumkin.
Azar "Chelsi"da 10-raqamda o'ynagan. Ammo "Real"da bu raqamga egalik qilayotgan Luka Modrich o'z raqamini bermoqchi emas. Shuningdek, "Real"ning rasmiy do'konlarida Azar yozuvi tushirilgan 7-raqamli liboslar sotuvga qo'yilgandi. Biroq Mariano Dias ham bu raqamni Azarga berib yubormoqchi bo'lmayapti.



