Modji: "Dibala "Real" yoki "Barselona"da o'ynamaydi"

Aslanov Jasurbek
18 apr 2017, 14:57
"Yuventus" sobiq ijrochi direktori Luchano Modji byankonerilar hujumchisi Paulo Dibalaning kelajagi borasida fikr bildirdi.

Futbolchining xizmatlariga "Real" va "Barselona" qiziqish bildirmoqda.

"Dibala "Real" yoki "Barselona"da o'ynamaydi. U "Yuventus" bilan shartnomani uzaytirdi va klub loyihasining asosiy qismi hisoblanadi. U kelajakda "Oltin to'p"ga ega chiqishi mumkin. Dibalaning boshi va oyog'lari chempionniki" - deydi Modji.

Dibala "keksa sinora" bilan shartnomasini 2022 yilgacha uzaytirdi.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: AS