MLS Kubogi. "Inter Mayami" "Atlanta Yunayted"ga yutqazib qo'ydi

Omonjon To`xtamirzayev
3 noya 2024, 07:50
"Atlanta" pley-off bosqich ikkinchi uchrashuvida "Inter Mayami"ni (2:1) mag'lub etdi.

Jamoalar MLS pley-offning birinchi bosqichi doirasida ro'baro kelishdi. Dastlabki uchrashuvda "Inter Mayami" 2:1 hisobida zafar quchgandi.

Endi esa g'alabalar bo'yicha hisob 1:1 va hal qiluvchi bellashuv 10 noyabr kuni bo'lib o'tadi.

MLS Kubogi
1-bosqich
Ikkinchi o'yin

"Atlanta Yunayted" – "Inter Mayami" 2:1
3 noyabr, "Mersedes-Benc Stedium"
Gollar
: 0:1 – 40 Martines, 1:1 – 58 Uilyams, 2:1 – 90+4 Shande Silva.

"Atlanta Yunayted" – Gyuzan, Abram, Uilyams, Ernandes, Amador, Torres (Shande Silva, 89), Makkarti (Muyumba, 71), Slish, Lobjanidze, Tiare (Rios, 78), Miranchuk.

"Inter Mayami" – Kellender, Martines, Allen (Kampana, 84), Aviles, Alba, Brayt (Kremaski, 46), Veygandt, Redondo, Gomes (Roxas, 84), Suares, Messi.

Ogohlantirishlar: Ernandes (45+1), Aviles (56), Uilyams (63), Slish (90+3), Shande Silva (90+5).

O'xshash yangiliklar


Omonjon To`xtamirzayevMuallif
Manba: championat.asia