MLS. David Vilya "Nyu York Siti"ga g'alaba keltirdi VIDEO

Narzulla Saydullayev
27 sen 2018
Bugun erta tongda AQSH MLS ligasida navbatdagi tur o'yini bo'lib o'tdi.

"Nyu York Siti" o'z uyida "Chikago Fayr"ni qabul qildi. Uchrashuvdagi ikkala gol ham ikkinchi taym boshida mehmonlar darvozasiga urildi. Dastlab ispaniyalik mashhur hujumchi David Vilyaning to'p uzatishidan keyin Aleksandr Ring hisobni ochdi. Oradan 4 daqiqa o'tgach Vilyaning o'zi gol urdi - 2:0. Shu tariqa germaniyalik mashhur yarim himoyachi Bastian Shvaynshtayger to'p tepayotgan "Chikago Fayr" mag'lub bo'ldi.

Mazkur g'alabadan so'ng "Nyu York Siti" o'z ochkolari sonini 53taga etkazib oldi. Jamoa hamon uchinchi pog'onada bormoqda. "Chikago Fayr" esa 28 ochko bilan 10-o'rinda joylashgan.





TAS-IX Emas



Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia