

Braziliyalik Miyatovich 1998 yil "Yuventus"ga qarshi finalda ofsayddan gol urib, jamoasiga g'alaba keltirgani haqida aytgan edi.
"Alvesning yoki "Yuventus" muxlislarining fikri qiziqtirmaydi. Hozir Dani - "yuventino". Italiyaliklar o'z mag'lubiyatini ofsayddan urilgan gol deb oqlamoqchi, ammo gap bunda emas. Alves - yaxshi futbolchi va buni "Sevilya", "Barselona" va "Yuventus"da isbotlagan, biroq u hech qachon aqlli gaplar aytmagan.
Hozir "Real" futbolchilari va bosh murabbiy Zinedin Zidan o'rtasida xotirjamlikni chaqiruvchi tuyg'u bor. Yaxshi uchrashuv o'tkazib, Chempionlar ligasida g'olib bo'lishimiz uchun bizda hamma narsa bor" - deydi Miyatovich.



