

Biz tor mor etilgan Qatar jamoasi yetakchilaridan biri Jassim Jobir bilan suhbatlashdik.
- Bugungi o'yin haqida fikringiz...
- Bugungi o'yin biz uchun juda ham qiyin bo'ldi. Bugun g'alaba uchun harakat qilgan edik ammo o'z xatolarimizni deb yirik hisobda mag'lubiyatga uchradik.
- Stadiondagi muhit haqida nima deya olasiz?
- Raqibimiz o'z muxlislari ko'z o'ngida o'ynashdi va bu ularga ustunlik berdi. Ammo biz professionallarmiz va bundan ta’sirlanmasligimiz kerak.
- Keyingi raqib Turkmaniston borasida fikringiz qanday?
- Keyingi bellashuvga motivaciyamizni yo'qotmasdan tayyorlanamiz. Xatolrimizdan xulosa qilamiz. keying o'yinda 3 ochko olish uchun hamma narsaga hozirmiz. Chunki bizda hali hamon keyingi bosqichga chiqishga imkoniyat bor.
Uchqun Azimov suhbatlashdi.



