Misrda Muhammad Saloh tufayli chempionatning ikki o'yini boshqa kunga qoldirildi

21 apr 2018, 08:40
Misr futbol federatsiyasi “Liverpul” hujumchisi tufayli chempionatning o'yinlarini boshqa kunga ko'chirishni lozim deb topdi.

Bu ishga qo'l urilganidan asosiy maqsad APLning eng yaxshi futbolchisiga atalgan sovrinning topshirilish marosimini jonli namoyish qilish bilan bog'liq. Hozirda bu sovringa asosiy da'vogar misrlik Muhammad Salohdir.

“O'sha kuni uchta o'yinimiz bor. Birinchisi – 15:30 da, u bo'ladi. Qolgan ikkisini esa boshqa kunga ko'chiramiz. Bu qarorga hech kim qarshilik qilgani yo'q, barcha Muhammad uchun xursand bo'lmoqda”, - deydi federatsiya rahbari Amer Husayn.

Mazkur sovrinni topshirish marosimi yakshanba kuni 22-aprel sanasida bo'lib o'tadi.

O'xshash yangiliklar


Manba: Filgoal