Mirjalol Qosimov: "Hamma aybni o'z zimmamga olaman"

Narzulla Saydullayev
10 sen 2013, 23:20
Poyoniga etgan uchrashuvdan so'ng, matbuot anjumanining ikkinchi qismida O'zbekiston milliy terma jamoasi bosh murabbiyi Mirjalol Qosimov ishtirok etdi.

- Nima ham derdik, ortiqcha gapirishni foydasi yo'q. Muxlislardan uzur so'rayman. Oldimizga qo'yilgan ozgina maqsadimizga erisha olmadik. Hamma aybni o'z zimmamga olaman. Ozgina imkoniyat bor edi. Ammo foydalana olmadik. Yangi qon kerak. O'yinga kelsak, yutsa jamoa yutadi, aksincha bo'lsa murabbiy. JCHga chiqa olmadik, shu bois iste'fo so'rayman", - deydi Qosimov.


- Osiyo chempionati saralashi oldidan nimanidir o'zgartira olasizmi?

- Aslida jahon chempionatiga chiqishni istagan edik. Bunga ozgina imkoniyat bor edi. Afsuski, bu futbol. Bundan juda afsusdaman. Bugungi o'yinda stadionga kelgan muxlislar ham bizni qo'llab-quvvatladi. Buning uchun ularga minnatdorchilik bildiraman. Savolingizga kelsak, buni vaqt ko'rsatadi. 


- Barcha aybni o'z zimmangizga olmoqdasiz, futbolchilarchi?
- Yigitlarga hech qanday etiroz yo'q. 

Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia