Miroslav Kloze AQSHga ketmoqda

Narzulla Saydullayev
11 may 2016
"Lacio" hujumchisi Miroslav Kloze yozda erkin agent sifatida AQSHning "Nyu-York Red Bulls" klubiga ko'chib o'tadi, deb xabar bermoqda Football Italia nashri.

Oldinroq germaniyalik 38 yoshli hujumchi "Lacio" bilan shartnomasini uzaytirmasligi haqida xabarlar chiqqandi. Kloze 2011 yildan buyon Rim klubida faoliyat olib borayotgandi. Bu davr mobaynida u 139ta o'yinda 53ta gol urdi.


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: football-italia.net