

Ma'lumotlarga qaraganda, navoiyliklar bilan birgalikda Farg'onada o'quv-mashg'ulot yig'inida ishtirok etgan bu futbolchi qo'qonliklar bilan og'zaki kelishuvga erishgan. Mirjalol 2014-2015 yillarda "Qizilqum" jamoasi sharafini himoya qilgan. Taxminimizcha, bosh murabbiy "Qo'qon-1912" jamoasi o'ng qanot himoyasida muammoni Mirjalol orqali bartaraf etishga qaror qilgan ko'rinadi. Himoyachi "Qo'qon-1912" jamoasining 8 fevraldan boshlab Toshkentda davom etadigan mashg'ulotlarida qatnashadi.



