Mirjalol Qosimov: “O'yindan ham, natijadan ham qoniqdim”

Aziz Tukhtamuradov
19 noya 2017, 20:57
“Bunyodkor” – “Buxoro” uchrashuvidan keyingi matbuot anjumanining ikkinchi qismida “qaldirg'ochlar” ustozi ishtirok etdi.

O'zimiz istagandek chiroyli o'yin bo'ldi. Bahs davomida kerakli pressing, to'pni nazorat qilish, pozicion hujum hamda qarshi hujumlarda yaxshi o'yin ko'rsatdik. Shuningdek, futbolchilarimiz bir-birlarini juda yaxshi tushunishib va qo'llab-quvvatlab to'p tepishdi. Kombinaciyalarimiz ham yaxshi rivoj oldi. Umuman olganda, o'yindan ham, natijadan ham qoniqish hosil qildim. Biz doimo oxirigacha kurashishga va har safar g'alaba qozonishga intilamiz, - deydi Mirjalol Qosimov.


O'xshash yangiliklar


Aziz TukhtamuradovMuallif
Manba: fcbunyodkor.com