Mirjalol Qosimov: "Jamoamizga bitta yetakchi yetishmayapti"

Narzulla Saydullayev
20 apr 2019, 20:24
AGMK - "Bunyodkor" (0:1) uchrashuvidan keyin mezbonlar ustozi Mirjalol Qosimov matbuot anjumanida ishtirok etdi.

"Chiroyli, shiddatli va jangovor o'yin bo'lishini kutgandik. Shunday ham bo'ldi. "Bunyodkor" jamoasini juda yaxshi bilamiz. Birinchi taymda kerakli joylarda to'pni yo'qotaverdik, xatolar, qolaversa yomg'ir...Oddiy vaziyatda gol o'tkazdik. Lutfulla To'raev zarba berdi, Akbar To'raevdan bunday xatoni kutmagandim. Futbolda har xil vaziyatlar bo'ladi. Albatta "Bunyodkor" jamoasi ham yaxshi harakat qildi, ularni g'alaba bilan tabriklayman.

Legionerlar nega yo'q? Ular jamoaga qo'shilib keta olishmayapti. Umuman qolgan futbolchilar ham bir jamoaga aylana olishmayapti. Buning ustida ishlayapmiz.

Jamoamizga bitta yetakchi yetishmayapti. Yil boshida kerakli futbolchilarni ololmadik. Dilshodni ham himoyada o'ynatishga majbur bo'layapman.

Futbolda kimdir yutadi, kimdir yutqazadi", - deydi Mirjalol Qosimov.


O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia