Mirjalol Qosimov: "Futbol - ko'p vaziyatlar bo'ladigan basketbol emas"

Narzulla Saydullayev
12 noya 2023, 19:49
OKMK jamoasi bosh murabbiyi Mirjalol Qosimov O'zbekiston kubogi uchun "Nasaf" (0:1) bilan bo'lgan bahsdan so'ng matbuot anjumanida ishtirok etdi.

- Qisqa qilib aytaman, bugun qaysidur jamoa g'alaba qozonish kerak edi va "Nasaf" g'olib bo'ldi. Raqibni g'alaba tabriklayman.

- Bugungi uchrashuvga tayyorlagan rejangiz qanchalik ish berdi? To'g'ri, jamoangiz penaltidan gol o'tkazib yubordi va shu sabab mag'lub bo'ldi, ammo raqib darvozasi oldida deyarli vaziyat yaratilmadi.

- O'yin oson bo'lmadi, ustiga ustak Chempionlar ligasidagi og'ir uchrashuvdan so'ng ruhiy tomonlama tayyorgarlik ko'rish qiyin bo'ldi. Futbol - ko'p vaziyatlar bo'ladigan basketbol emas. Men bayramni buzishni istamayman, sog' bo'linglar.

O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia