Mirjalol Qosimov: "Chempionatning dastlabki ikki turini uyda o'tkazish yaxshi"

Narzulla Saydullayev
3 fev 2018, 16:48
2018 yilgi Superliga bahslariga qur'a tashlash marosimi o'tkazilgach "Bunyodkor" ustozi o'z fikrlarini bildirdi.

"Qur'a tashlash marosimi chiroyli o'tdi. Raqiblarimiz ma'lum bo'ldi. Quvonarlisi, dastlabki ikki turni o'z maydonimizda o'tkazamiz. AGMK ham kuchsiz jamoa emas, ular xorijda yig'in o'tkazishmoqda. Ikkinchi turda esa "Paxtakor"ni qabul qilamiz.

Bu yilgi maqsadimiz o'tgan mavsumdagi jamoaning o'zagini saqlab qolish. Yozda Shomurodov ketgandi, qishda Shukurov ketdi. Hujumga Filip Rayevacni oldik. Moliyaviy muammolar bor, shunga qaramay biz kurashamiz. O'z akademiyamiz tarbiyalanuvchilariga tayanamiz.

Bugun "So'g'diyona"ga qarshi bahsda legioner yarim himoyachini sinovdan o'tkazdik. Hozircha u bilan shartnoma tuzmadik, agar harakatlari maqul kelsagina jamoamizda o'ynaydi", - deydi Mirjalol Qosimov.

O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia