Mirislom Hasanov: "Zaxiradan maydonga tushganlar o'yinni kuchaytirdi"

Aslanov Jasurbek
13 iyun 2021, 09:41
Pro liganing navbatdagi turidan o'rin olgan "Buxoro" - "Sho'rtan" (3:0) uchrashuvidan so'ng mezbonlar ustozi Mirislom Hasanov fikrlarini bildirib o'tdi.

"O'yinni barcha ko'rdi. Birinchi bo'limda bizda ko'plab vaziyatlar yuzaga keldi. Muhimi ishonchli g'alabaga erishdik. Buning uchun yigitlarga rahmat aytaman. "Olimpik" bilan o'yinga kuchli tayyorgarlik ko'ramiz. Hozirda ular bilan ochkolarimiz tenglashib oldi. Muxlislarni xursand qila olamiz.

Maydonda barcha yaxshi harakat qildi. Boz ustiga futbolchilarda charchoq alomatlari bor edi. Zaxiradan maydonga tushganlar o'yinni kuchaytirishdi. Davron Isoqov va Suhrob Ne'matov tez kirishib ketishdi",- deydi Mirislom Hasanov. 

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: championat.asia